O'QUVCHILARNING SHEVAGA XOS SO'ZLARDAN FOYDALANISHIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING ROLI VA UNI BARTARAF ETISHDA PEDAGOGIK YONDASHUV
Abstract
Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarning o‘quvchilar nutq madaniyatiga ta’siri, xususan shevaga xos birliklarning adabiy til me’yorlariga ko‘chishi jarayoni tahlil qilinadi. Tilning jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqligi hamda internet tili (tarmoq tili)ning shakllanishida ijtimoiy muhitning o‘rni William Labovning sotsiolingvistik nazariyasi asosida yoritiladi. Shuningdek, David Crystal tomonidan ilgari surilgan internet tilining gibrid xususiyati va uning og‘zaki–yozma nutqqa singib borishi izohlanadi. Tilshunoslar N. Mahmudov va A. Rahmonov qarashlari asosida shevaning adabiy til uchun tabiiy manba sifatidagi o‘rni ko‘rsatilgan holda, ta’lim jarayonida adabiy me’yorlarni egallashning ahamiyati asoslab beriladi. Pedagogik yondashuv sifatida Hymesning kommunikativ kompetensiya nazariyasi qo‘llanilib, o‘quvchilarda rasmiy va norasmiy nutq vaziyatlarini farqlash, shevaga xos shakllarni adabiy variantlarga moslashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar taklif etiladi.
Fields of Study & Subjects
Digital Communication and Language
Linguistic research and analysis
Linguistics and Education Research
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 10 January 2026