FIZIOLOGIK VA GEMOLITIK SARIQLIKDA FOTOTERAPIYANING TA'SIRI VA SAMARADORLIGI

Read full text
Authors: Surabova Jasmin Shavkat qizi, Ikromova Shahnоza Nozimovna
Cited by: 0

Abstract

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sariqlik — eng keng tarqalgan neonatologik holatlardan biri bo‘lib, uning davolash samaradorligi bolalar sog‘lig‘iga bevosita ta’sir qiladi. Sariqlikning fiziologik va gemolitik shakllari patofiziologiyasi, klinik kechishi va terapevtik yondashuvlari jihatidan farqlanadi. Fototerapiya esa, hozirgi kunda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bilirubin miqdorini kamaytirishning asosiy va xavfsiz usuli hisoblanadi. Ushbu tezisda fototerapiyaning fiziologik va gemolitik sariqlikda samaradorligi solishtirildi. Tadqiqot davomida bilirubin darajasi, davolash davomiyligi, klinik holat va fototerapiya bilan bog‘liq mumkin bo‘lgan yon ta’sirlar baholandi. Natijalar fototerapiyaning har ikki turdagi sariqlikda samarali ekanligini ko‘rsatdi, shuningdek, har bir shakl uchun davolash yondashuvlarini individual tarzda belgilash zarurligini ta’kidladi.

Fields of Study & Subjects

Neonatal Health and Biochemistry Pediatric Hepatobiliary Diseases and Treatments Photodynamic Therapy Research Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 January 2026
Language
UZ