AHOLI BANDLIGINI TA 'MINLANISHIDA AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Read full text
Authors: Rashidova Baxti Yaxyaevna
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada ayollar tadbirkorligining rivojlanishi aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni va istiqbollari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida viloyatda ayollar o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning kengayib borayotgani, ularning mehnat bozorida faol ishtirok etishi bandlik darajasining oshishiga sezilarli hissa qo‘shayotgani ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari, kreditlar, subsidiyalar va o‘quv loyihalarining samaradorligi baholanadi. Tahlillar asosida Jizzax viloyatida ayollar tadbirkorligi ulushi yildan-yilga ortib borayotgani, biroq moliyalashtirishga kirish imkoniyatlari, raqamli savodxonlikning pastligi va bozor infratuzilmasining yetarli emasligi kabi bir qator muammolar saqlanib qolayotgani aniqlangan. Tezisda mazkur muammolarni bartaraf etish va ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Fields of Study & Subjects

Entrepreneurship Studies and Influences Economic and Industrial Development Gender Labor and Family Dynamics

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 January 2026