INKLYUZIV VA DAVOLASH-SOGʻLOMLASHTIRISH TURIZMI SOHALARINING OʻZARO ALOQADORLIGI

Read full text
Authors: Gulrux Murtazayeva
Cited by: 0

Abstract

Soʻnggi yillarda turizm industriyasida inklyuzivlik masalasi global ahamiyat kasb etmoqda. BMT Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) ma'lumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha 1 milliardga yaqin kishi turli darajadagi nogironlikka ega. Ular uchun qulay, xavfsiz va barchaga ochiq turizm muhitini yaratish nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy jihatdan ham ulkan samara keltiradi. Inklyuziv turizm - bu faqat maxsus ehtiyojli kishilar uchun emas, balki barcha aholi qatlamlari uchun qulay, xavfsiz va teng imkoniyatli sayohat muhitini yaratadigan kompleks tizimdir. Davolash-sogʻlomlashtirish turizmi esa - bu shaxslarning sogʻliqni tiklash, kasalliklarni davolash va profilaktika qilish, shu bilan birga turizm xizmatlaridan foydalanish maqsadida sayohat qilishidir. Garchi turizmning turli yoʻnalishlari boʻlsada koʻp jihatdan sohalar oʻzaro yaqin va uzviy aloqador hisoblanadi.

Fields of Study & Subjects

Global Healthcare and Medical Tourism Diverse Aspects of Tourism Research Community-based Tourism Development and Sustainability

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
11 January 2026