MEDIA TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BO'LAJAK BOSHLANG'ICH TA'LIM O'QITUVCHILARINING INNOVATSION KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Abstract
Mazkur maqolada media texnologiyalar asosida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik, metodik va texnologik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda innovatsion kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati, media ta’limning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligida raqamli va media vositalardan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi. Tajriba-sinov ishlari natijalari asosida media texnologiyalarni qo‘llash bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kreativligi, muammoli vaziyatlarda yechim topish, pedagogik innovatsiyalarni loyihalash va amaliyotga joriy etish kompetensiyalarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Educational Methods and Teacher Development
Education and Digital Technologies
Digital literacy in education
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 11 January 2026