DAVLAT QARZINI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY INSTRUMENTLARI VA ULARNI QO'LLASH MASALALARI
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonning davlat qarzini boshqarish tizimi, uning zamonaviy instrumentlari hamda ularni qo‘llashda yuzaga kelayotgan masalalar chuqur tahlil qilinadi. Global foiz stavkalari o‘sishi, tashqi moliyalashtirish shartlarining murakkablashuvi va valyuta xavflarining kuchayishi sharoitida davlat qarzining barqarorligini ta’minlash dolzarb vazifa sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda xalqaro tajribalar, O‘zbekistonning joriy makroiqtisodiy holati, qarz portfeli tarkibi, joriy operatsiyalar hisobi dinamikasi hamda risk-menejment mexanizmlari kompleks tahlil qilindi. Shuningdek, suveren obligatsiyalar, “yashil” va tematik obligatsiyalar, ichki bozor instrumentlari, hedjlash vositalari kabi zamonaviy moliyaviy instrumentlarning afzalliklari va cheklovlari yoritildi. Maqola yakunida davlat qarzini boshqarishni modernizatsiya qilish, risklarni kamaytirish va qarzdan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflar ilgari surildi.
Fields of Study & Subjects
Fiscal Policies and Political Economy
Economic and Fiscal Studies
Global Financial Crisis and Policies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 11 January 2026