Bolalarda nospetsifik yarali kolit patogenezida D vitaminining immunomodulyator roli
Abstract
Nospetsifik yarali kolit bolalar gastroenterologiyasida surunkali yallig‘lanishli ichak kasalliklari tarkibida muhim o‘rin egallaydi va ko‘pincha og‘ir klinik kechish hamda asoratlar bilan namoyon bo‘ladi. So‘nggi yillarda ushbu kasallik patogenezida immun tizim buzilishlari bilan bir qatorda D vitaminining yetishmovchiligi ham muhim omil sifatida ko‘rilmoqda. Mazkur maqolada D vitaminining immunomodulyator xususiyatlari, uning tug‘ma va orttirilgan immunitetga ta’siri, sitokinlar muvozanatini tartibga solishdagi roli hamda bolalarda nospetsifik yarali kolit rivojlanish mexanizmlaridagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili D vitamini yetishmovchiligi ichak shilliq qavatida yallig‘lanish faolligini kuchaytirishi va kasallik kechishining og‘irlashishiga olib kelishini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Vitamin D Research Studies
Inflammatory Bowel Disease
Gastrointestinal disorders and treatments
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 11 January 2026
- Document type
- Dataset