INKLYUZIV TA'LIM: DIALOG, TAHLIL, TAJRIBA
Abstract
Ushbu maqola zamonaviy ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning ahamiyati, uning pedagogik, psixologik va ijtimoiy jihatlari hamda samarali amalga oshirish yo‘llarini keng qamrovli tarzda o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada inklyuziv ta’lim kontseptsiyasining mohiyati, asosiy prinsiplari va zamonaviy amaliyotda qo‘llanilishi batafsil yoritilgan. Inklyuziv ta’lim jarayonida uch asosiy yo‘nalish – dialog, tahlil va tajriba konseptual asos sifatida ko‘rib chiqilgan. Dialog bo‘limida o‘qituvchi, ota-ona va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqotning ahamiyati, samarali pedagogik maslahatlashuvlar, ochiq muhokamalar va bolalarning individual ehtiyojlarini inobatga olgan kommunikatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Tahlil bo‘limida o‘quvchilarning yutuqlari va qiyinchiliklarini aniqlash, metodik va psixologik kuzatuvlar natijasida ta’lim jarayonini optimallashtirish, individual rivojlanish sur’atlarini baholash hamda ta’lim sifati va inklyuziya darajasini o‘lchashning zamonaviy usullari muhokama qilinadi. Tajriba bo‘limida esa inklyuziv ta’limni amalda qo‘llashning real misollari, sinfdagi metodik yondashuvlar, turli pedagogik strategiyalar va innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi keltiriladi.
Fields of Study & Subjects
Inclusive Education and Diversity
Psychology of Development and Education
Education Pedagogy and Practices
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 11 January 2026