INKLYUZIV TA'LIMDA ZAIF KO'RUVCHILAR BILAN ISHLARNI TO'G'RI TASHKIL QILISH VA OTA-ONALAR UCHUN TAVSIYA
Abstract
Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida zaif ko‘ruvchi bolalar bilan ishlashni to‘g‘ri tashkil etish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda inklyuziv ta’limning mohiyati, zaif ko‘ruvchi o‘quvchilarning psixologik-pedagogik xususiyatlari, ta’lim jarayonini moslashtirish, individual yondashuv, maxsus metod va vositalardan foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, sinf rahbari, fan o‘qituvchilari, maktab psixologi va ota-onalar hamkorligining ahamiyati ochib berilgan. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli resurslar va maxsus didaktik materiallar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari inklyuziv ta’lim tizimini takomillashtirish, zaif ko‘ruvchi bolalarning ta’lim olishdagi teng imkoniyatlarini ta’minlash hamda ularni jamiyatga moslashgan barkamol shaxs sifatida shakllantirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.
Fields of Study & Subjects
Inclusive Education and Diversity
Collaborative Teaching and Inclusion
Psychology of Development and Education
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 11 January 2026