MULTIMADAL YONDASHUV ORQALI ONA TILI TALIMIDA AKADEMIK LITSEY O'QUVCHILARINING KOGNITIV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH

Read full text
Authors: Tulagan Muhammadiyev
Cited by: 0

Abstract

Multimodal yondashuvning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni, ayniqsa akademik litsey bosqichida ona tili ta’limini optimallashtirishdagi didaktik va psixolingvistik afzalliklari tahlil qilinadi. Multimodal semiotika va kognitiv psixologiya asosida axborotni lingvistik, vizual, akustik va kinestetik modallarda birgalikda taqdim etish o‘quvchilarning idrok, xotira, tafakkur va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishi asoslab beriladi. Grammatik, fonetik va matnshunoslik materiallarini multimodal vositalar orqali o‘zlashtirish jarayonining samaradorligi, shuningdek, analitik va kreativ fikrlashni kuchaytiruvchi multimodal topshiriqlar misolida yoritiladi. Metodik tajribalar lingvistik tushunchalarni anglash, matn yaratish va tahliliy fikrlash ko‘rsatkichlarining sezilarli oshganini ko‘rsatadi. Natijada, multimodal yondashuv ona tili ta’limi uchun funksional, interaktiv va yuqori samaradorlikka ega pedagogik model sifatida baholanadi.

Fields of Study & Subjects

Education Innovation and Language Studies Literacy Media and Education Visual and Cognitive Learning Processes

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
11 January 2026