KOGNITIV VIZUALLASHTIRISH VOSITALARI ORQALI TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada kognitiv vizuallashtirish vositalari orqali talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi — oliy ta’lim jarayonida vizual modellardan foydalanishning metodik asoslarini ishlab chiqish va ularning muloqot ko‘nikmalariga ta’sirini asoslashdir. Tadqiqot jarayonida nazariy tahlil, pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma va pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, intellekt-xaritalar va infografikalardan foydalanish talabalarning axborotni tizimlashtirish va nutqiy mantiqiylik darajasini 25% ga oshirgan. Xulosa sifatida kognitiv vizuallashtirish talabalarning muloqotga kirishishdagi psixologik to‘siqlarini kamaytirishi va kasbiy kommunikativ tayyorgarligini ta’minlashi isbotlangan.
Fields of Study & Subjects
Visual and Cognitive Learning Processes
Education
Innovation and Language Studies
Education Methods and Technologies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 11 January 2026