ALEKSANDR FAYNBERGNING "UCHRASHUV" SHE'RI TAHLILI

Read full text
Authors: Toshmuxammadova Sevinch Xayrulla qizi, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqola Aleksandr Faynbergning eng nafis va jozibador bo’lgan “Uchrashuv” nomli she’rining tahlilini ko’rib chiqamiz. Bu she’r Faynbergning she’rlari orasida alohida ajralib turadigan she’rlardan biri hisoblanadi va buning yaqqol misolini mazkur maqolamiz orqali bilib olishingiz mumkin. Aleksandr Faynbergning “Uchrashuv” she’ri inson hayotidagi kutilmagan va taqdiriy uchrashuvlarning ruhiy ta’sirini yoritadi. Asarda lirik qahramonning ichki kechinmalari, o‘tmish xotiralari va hozirgi lahzadagi his-tuyg‘ulari nozik va samimiy tarzda ifodalanadi. Shoir uchrashuvni oddiy voqea sifatida emas, balki inson qalbini larzaga soluvchi, uni o‘zgartiruvchi muhim hodisa sifatida talqin qiladi. She’rda sog‘inch, iztirob va umid hissi uyg‘unlashib, hayotning o‘tkinchiligi va insoniy munosabatlarning qadr-qimmati chuqur falsafiy ma’noda ochib beriladi. Bundan tashqari ushbu maqoladi uning badiiy, tasviriy ifodalari ham ochib berilgan. Maqolani ichiga kirgan inson she’rning qay tarzda insonni o’ziga chorlashini va insoniyatni biroz o’y-xayollar og’ushiga chorlashi ham hech gap emas.

Fields of Study & Subjects

Poetry Analysis and Criticism Russian Literature and Bakhtin Studies Short Stories in Global Literature

Publication details

Journal / source
International journal of scientific researchers ( IJSR ) INDEXING
Publication date
11 January 2026
Language
EN