Ortodontiyada miotеrapiya: miogimnastik dеntoalvеolyar apparatlarni qo'llashning taqqoslama tavsifi
Abstract
Ortodontik davolash jarayonida qo‘llaniladigan statsionar apparatlar og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalariga doimiymexanik ta’sir ko‘rsatib, mahalliy immun mexanizmlarning funksional qayta moslashuviga olib keladi. Ushbu tadqiqotortodontik apparatlar bilan davolanayotgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ining mahalliy immun holatida yuzaga keladigano‘zgarishlarni kompleks klinik baholashga qaratilgan. Kuzatuv davomida 21-29 yoshdagi 147 nafar bemor tekshirildi.Tadqiqot materiali sifatida stimullanmagan og‘iz suyuqligi tanlanib, unda lizotsim faolligi, sekretor immunoglobulin Akonsentratsiyasi, shuningdek proinflamator va immunoregulyator sitokinlar – interleykin-1β va interleykin-4 darajalarianiqlandi. Immunologik ko‘rsatkichlar dinamikasi ortodontik apparatlarning fiksatsiya bosqichlarida baholandi. Olinganma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, apparatlarning o‘rnatilishi og‘iz bo‘shlig‘ida mahalliy immun javobning qayta tashkil topishibilan kechadi va bu jarayon fiziologik adaptatsion yallig‘lanish reaksiyasi bilan namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, davolashningdastlabki bosqichlarida immunologik ko‘rsatkichlarning sezilarli siljishi kuzatilib, bu to‘qimalarning yangi funksional sharoitgamoslashuvini aks ettiradi. Shu bilan birga, kengaytirilgan gigiyenik va profilaktik choralarni qo‘llash mahalliy immunmuvozanatni barqarorlashtirishga xizmat qilib, adaptatsiya davrining nisbatan yengil va nazorat qilinadigan kechishinita’minlaydi. Tadqiqot natijalari ortodontik davolash jarayonida immun holatni monitoring qilish va individual profilaktikyondashuvni joriy etish muhimligini asoslaydi
Fields of Study & Subjects
Orthodontics and Dentofacial Orthopedics
Oral microbiology and periodontitis research
Dental Trauma and Treatments
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 5 January 2026
- Language
- UZ