"BOBURNOMA" INGLIZCHA TARJIMALARIDA MILLIY-MADANIY KONSEPTLARNING IFODALANISHI VA TARJIMA MUAMMOLARI (J. Leyden – V. Erskin, A. S. Beverij va V. Tekston tarjimalari asosida)
Abstract
Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan “Boburnoma” asari o‘zbek mumtoz adabiyotining nodir namunasi bo‘lishi bilan birga, jahon tarixiy-memuar adabiyotida ham alohida o‘rin tutadi. Asarda muallifning hayoti, siyosiy faoliyati, harbiy yurishlari, davr manzarasi bilan bir qatorda, uning falsafiy qarashlari, diniy e’tiqodi va milliy dunyoqarashi ham badiiy jihatdan yuksak saviyada ifodalangan. Ayniqsa, asar tilining boyligi, frazeologik birliklar, metaforalar, ramziy va diniy tushunchalarning keng qo‘llanilishi “Boburnoma”ni tarjima qilish jarayonini murakkablashtiradi. “Boburnoma” ingliz tiliga bir necha bor tarjima qilingan bo‘lib, eng mashhur tarjimalar Jon Leyden va Villiam Erskin (1826), Annetta Susanna Beverij (1921) hamda Vilyer Tekston (1996) nomlari bilan bog‘liqdir. Ushbu tarjimalar nafaqat til, balki davr, tarjimonning maqsadi va ilmiy yondashuvi bilan ham farqlanadi. Shu sababli bir xil matn turli tarjimalarda turlicha semantik, uslubiy va pragmatik qiyofaga ega bo‘lgan. Mazkur maqolada “Boburnoma” inglizcha tarjimalarida milliy-madaniy konseptlarning ifodalanishi, frazeologik birliklarning tarjima qilinishi, shuningdek, tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari atroflicha tahlil qilinadi.
Fields of Study & Subjects
Translation Studies and Practices
Language and Culture
Comparative and World Literature
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 11 January 2026