REPRODUKTIV YOSHDAGI TUG'MAGAN AYOLLARDA TASHQI GENITAL ENDOMETRIOZNING KECHISH XUSUSIYATLARI VA ERTA DIAGNOSTIKASI

Read full text
Authors: Lobarxon Ikirambayevna Tursunboyeva, Farzona Nuriddinovna Ataeva, Fayoza Ortiq qizi Turayeva
Cited by: 0

Abstract

Tashqi genital endometrioz (TGE) reproduktiv yoshdagi ayollarda uchraydigan keng tarqalgan ginekologik kasalliklardan biri bo‘lib, o‘zining murakkab klinik ko‘rinishlari, surunkali og‘riqlar, hayz sikli buzilishlari va bepushtlikka olib kelishi bilan ajralib turadi. Kasallikning erta bosqichda yashirin kechishi diagnostika jarayonini qiyinlashtiradi, ayniqsa tug‘magan ayollar orasida klinik belgilar ko‘pincha noaniq namoyon bo‘ladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi reproduktiv yoshdagi tug‘magan ayollarda TGEning kechish xususiyatlarini o‘rganish, xavf omillarini baholash va noinvaziv diagnostika ko‘rsatkichlarining imkoniyatlarini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.Maqolada TGEning reproduktiv yoshdagi tug‘magan ayollarda erta aniqlanishi, klinik kuzatuv, muntazam instrumental va laborator monitoringning zarurligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ginekologik amaliyotda tashqi genital endometriozning erta tashxisini takomillashtirish va asoratlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Endometriosis Research and Treatment Gynecological conditions and treatments Ectopic Pregnancy Diagnosis and Management

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
11 January 2026