GUL NOMLARINING DENOTATIV VA KONNOTATIV MA'NOLARI (Iqbol Mirzo she'rlari asosida)
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada gul nomlarining denotativ va konnotativ ma’nolari zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik namoyandalaridan biri Iqbol Mirzo ijodi misolida lingvopoetik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Maqola matnida shoir misralarida uchraydigan atirgul, lola, qizg‘aldoq, rayhon, binafsha, boychechak kabi gul nomlari faqat o‘simlik nomi sifatida emas, balki murakkab obrazli vosita sifatida namoyon bo‘lishi misollar yordamida asoslab beriladi. Gul obrazlarining ma’noviy kengayishi, ularning muhabbat, ayriliq, iztirob, sog‘inch, umid bilan bog‘liq konnotativ ma’nolari tahlil qilinadi. Maqolada denotativ ma’no poetik obrazning tayanchi sifatida, konnotativ ma’no esa uning estetik va hissiy qudratini belgilovchi omil sifatida talqin qilinadi. Tadqiqot natijalari Iqbol Mirzo she’riyatida gul nomlarining qo‘llanilishi orqali muallifning individual poetik tafakkuri va badiiy dunyoqarashi muhim semantik birlik vositasida yoritilganini ko‘rish mumkin.
Fields of Study & Subjects
Poetry Analysis and Criticism
Linguistics and Cultural Studies
Linguistic research and analysis
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 11 January 2026