KADRLAR BOSHQARUVIDA STRATEGIK LIDERLIKNING SAMARADORLIKKA TA'SIRI

Read full text
Authors: Ubaydullayeva Nilufar Xikmatillayevna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada kadrlar boshqaruvi tizimida strategik liderlikning tashkilot samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida tashkilotlarning barqaror rivojlanishi ko‘p jihatdan inson resurslarini samarali boshqarish va liderlik salohiyatiga bog‘liq. Strategik liderlik kadrlar boshqaruvida uzoq muddatli maqsadlarni belgilash, inson kapitalini rivojlantirish, xodimlar motivatsiyasini oshirish hamda tashkiliy madaniyatni mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi. Maqolada strategik liderlik tushunchasi, uning asosiy xususiyatlari va HR menejment bilan o‘zaro bog‘liqligi nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, liderlik uslublarining xodimlar samaradorligi, mehnat unumdorligi va tashkiliy natijalarga ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida strategik liderlikning kadrlar boshqaruvi jarayonlariga integratsiyalashuvi tashkilotlarda innovatsion muhitni shakllantirish, xodimlar sadoqatini kuchaytirish va raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Maqolada tahliliy va taqqoslash usullaridan foydalanilgan bo‘lib, strategik liderlikni samarali qo‘llash orqali kadrlar boshqaruvi tizimining natijadorligini oshirish mumkinligi xulosa qilinadi. Tadqiqot natijalari tashkilot rahbarlari, HR mutaxassislari hamda kadrlar boshqaruvi sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Leadership and Management in Organizations Human Resource and Talent Management Employee Performance and Leadership

Publication details

Journal / source
Latin American journal of education
Publication date
12 January 2026
Language
EN