YANGI O'ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSATI: STRATEGIK ISLOHOTLAR VA AMALIY NATIJADORLIK

Read full text
Authors: Shoyo'ldoshova Billura
Cited by: 0

Abstract

Ushbu tezisda Yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, tizimli islohotlar va ularning amaliy natijalari tahlil qilingan. Ayniqsa, yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishda mahalla, maktab va oliy ta’lim muassasalarining uzviy bog‘liqligini ochib beradi. 2019–2024-yillar davomida ta’lim, madaniyat, sport va tadbirkorlik sohalarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar statistik ma’lumotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Inklyuziv O‘zbekiston” loyihalari va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Uychi tajribasi” kabi innovatsion yondashuvlarning jamiyat ijtimoiy barqarorligidagi o‘rni asoslab berilgan. Shu bilan birga, yillarga berilayotgan ramziy nomlarning yoshlar siyosati izchilligini ta’minlashdagi ahamiyati ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Fields of Study & Subjects

Youth Politics and Society Sociopolitical Dynamics in Russia Youth Development and Social Support

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
12 January 2026