GRAFIK DIZAYN ASOSLARINI O'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Read full text
Authors: Murodova Nafisa Mizrobovna Buxoro tuman 1-son texnikumi informatika va axborot texnalogiyalari fani o'qituvchisi
Cited by: 0

Abstract

Grafik dizayn, san'at va texnologiyaning uyg‘unlashuvi sifatida bugungi kunda eng ommabop va zarur sohalardan biriga aylangan. Mazkur maqolada grafik dizayn asoslarini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Grafik dizayn asoslari yuzasidan o’tiladigan fanlar nafaqat grafik dizaynerlar hattoki boshqa soha vakillari uchun ham muhim fan hisoblanadi. Shuning uchun uni o‘qitishda interfaol metodlardan samarali foydalanish o’quvchilar bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirib, mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishiga yordam beradi. Maqolada ta’lim jarayonida interfaol metodlar, raqamli texnologiyalar hamda kreativ yondashuvlar orqali o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: grafik dizayn, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, kreativ yondashuv, ta’lim jarayoni.

Fields of Study & Subjects

Educational Methods and Teacher Development Education Innovation and Language Studies Graphic Design and Typography

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
12 January 2026