TEXNIKUMLARDA O'TKIR HOSHIMOV HAYOTI VA IJODINI O'RGANISH
Abstract
O‘zbek adabiyoti darslarida o‘quvchining kitobxonlik darajasi, o‘qilgan asarni tushunishning chuqurligi aniqlanadi. O‘zbekcha nutqning rivojlanish darajasi belgilanadi. O‘zbek adabiyoti darslarida adabiy asarlarni o‘rganishdan maqsad o‘zbekningruhiyatinianglatishorqalio‘quvchining ma’naviydunyosiniboyitishdan iboratdir. Buning uchun o‘quvchi o‘zbek abiyotning nazariy asoslari bilan ma’lum darajada tanish bo‘lishi talab etiladi. Qolaversa, nazariy tushunchalarni bilgan o‘quvchi badiiy hodisani tahlil qilganda, asar haqida gapirganda fikrini asosli ifodalay oladi. Ayni vaqtda badiiy asar o‘rganish adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish uchun emas, balki adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish badiiy asarlarni to‘laroq anglash uchun kerakligi hamisha diqqat markazida bo‘lishi lozim. Ular o‘rganilgan asarning badiiy go‘zalligini ochish uchun kerak. Bu o‘rinda birinchi planda adabiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirish emas, balki adabiy asarlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchining ma’naviyatini boyitish turadi. O‘zbek adabiyoti darslarida muayyan asarni o‘rganishda uni yaratgan adib hayotidan shu asarning yaratilishi doir faktlardan foydalanish katta samara beradi.
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Turkish Literature and Culture
Literacy and Educational Practices
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 12 January 2026