INKLYUZIV TA'LIM SHAROITIDA ONA TILI DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Abstract
Mazkur maqolada ona tili o‘rgatish metodikasini yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar, jumladan, o‘rganishda qiyinchiliklarga duch keladigan, nutqiy rivojlanishi sust, psixologik yoki ijtimoiy omillar sababli ta’limda qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarga moslashtirish masalalari yoritiladi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, individual ta’lim strategiyalari, differensial va inklyuziv metodlar asosida ona tili darslarini samarali tashkil etish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada amaliy misollar, sinfdagi real vaziyatlar va o‘qituvchi tajribasiga tayangan holda metodik tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: Ona tili metodikasi, yordamga muhtoj bolalar, inklyuziv ta’lim, differensial yondashuv, nutq rivoji, individual ta’lim, pedagogik qo‘llab-quvvatlash
Fields of Study & Subjects
Education
Innovation and Language Studies
Inclusive Education and Diversity
Language Acquisition and Education
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 12 January 2026