SIGIR SUTI OQSILIGA ALLERGIYASI BO'LGAN CHAQALOQLARNING DIAREYADA DAVOLASHNING ZAMONAVIY SAMARALI USULLARI
Abstract
Sigir suti oqsiliga allergiyasi (CMPA) chaqaloqlarda eng keng tarqalgan oziqlanish bilan bog‘liq allergik kasalliklardan biridir. Ushbu holat immun tizimining sigir suti oqsillariga (kasien va betalaktoglobulin) noto‘g‘ri javobi natijasida rivojlanadi va diareya CMPAning asosiy simptomlaridan biridir. Maqolada CMPA bilan bog‘liq diareyaning patogenezi, zamonaviy diagnostika metodlari va samarali davolash yondashuvlari ko‘rib chiqildi. Eng asosiy davolash prinsipi — allergen ta’sirini cheklash bo‘lib, sun’iy emizilgan bolalarda gipohalergen (eHF) va aminokislota formulalari, emizikli bolalarda esa ona dietasini optimizatsiya qilish tavsiya etiladi. Shu bilan birga, diareya bilan bog‘liq suvsizlanish va oziqlanish muammolarini bartaraf etish uchun suyuqlik balansini ta’minlash, zarurat bo‘lsa probiotiklar qo‘llash muhimdir. Makolada zamonaviy klinik tavsiyalar va ilmiy tadqiqotlar asosida CMPA bilan diareyani samarali boshqarish strategiyalari taqdim etilgan.
Fields of Study & Subjects
Food Allergy and Anaphylaxis Research
Infant Nutrition and Health
Eosinophilic Esophagitis
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 12 January 2026
- Document type
- Dataset