Mahalliy o'simlik xom ashyolari asosida bavosil kasalligini davolashga mo'ljallangan shamchalar texnologiyasini ishlab chiqish

Read full text
Authors: Suyarova G.S.
Cited by: 0

Abstract

Ushbu tadqiqot mahalliy o‘simlik xom ashyolari asosida bavosil kasalligini davolashga mo‘ljallangan rektal shamchalar texnologiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda tirnoqgul, soxta kashtan, bo‘ymodaron, moychechak, zupturum va boshqa dorivor o‘simliklardan iborat yig‘ma asosida uch bosqichli kasrli maseratsiya–sirkulyatsiya usuli yordamida suyuq va quruq ekstraktlar olindi. Quruq ekstrakt asosida gidrofob (GXM-5T) va gidrofil (jelatina– glitserinli) asoslarda shamchalar tayyorlandi. Tayyor mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari — tashqi ko‘rinishi, bir xilligi, mexanik mustahkamligi, o‘rtacha og‘irligi, deformatsiyalanish va erish vaqtlari Davlat farmakopeyasi talablariga muvofiq baholandi. Olingan natijalar shamchalarning barcha sifat ko‘rsatkichlari me’yoriy talablarga javob berishini va bavosil kasalligini davolashda qo‘llash uchun istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi.

Fields of Study & Subjects

Advanced Drug Delivery Systems Medicinal Plant Research Pharmacology and Nanomedicine Research

Publication details

Journal / source
Miasto Przyszłości
Publication date
12 January 2026
Language
EN