ISTE'MOL KREDITI BOZORINI RIVOJLANISHIGA AHOLINING MOLIYAVIY SAVODXONLIK DARAJASINI TA'SIRI

Read full text
Authors: Shodiyev Oydinjon Shavkat o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada iste’mol krediti bozorining barqaror va sifatli rivojlanishida aholining moliyaviy savodxonlik darajasining o‘rni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Moliyaviy savodxonlik kredit shartlarini to‘g‘ri anglash, foiz stavkalari va qo‘shimcha xarajatlarni baholash, qarzdorlik yuklamasini oqilona rejalashtirish hamda to‘lov intizomini ta’minlashda muhim omil sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda moliyaviy bilimlar darajasi yuqori bo‘lgan aholining kreditlardan mas’uliyatli foydalanishi iste’mol krediti bozorida muammoli kreditlar ulushini kamaytirishi va bank-moliya tizimi barqarorligini mustahkamlashi asoslab beriladi. Shuningdek, moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning iste’mol krediti bozorini sog‘lom rivojlantirishdagi ahamiyati xulosa qilinadi.

Fields of Study & Subjects

Financial Literacy Pension Retirement Analysis Financial Literacy and Behavior Banking stability regulation efficiency

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
12 January 2026