"BOBORAHIM MASHRAB: XVII–XVIII ASR O'ZBEK ADABIYOTIDA TASAVVUF VA XALQONA RUH UYG'UNLIGI"
Abstract
Ushbu maqolada XVII–XVIII asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, xalq shoirlari va mutafakkirlaridan bo‘lgan Boborahim Mashrab hayoti va ijodiy faoliyati atroflicha yoritilgan. Unda shoirning tug‘ilgan joyi, oilaviy muhitda olgan dastlabki tarbiyasi, keyinchalik ilm va ma’rifat izlab yurtma-yurt kezib, tasavvuf ta’limoti ta’sirida shakllangan dunyoqarashi haqida batafsil so‘z yuritiladi. Mashrab o‘z asarlarida adolat, insoniylik, mehr-oqibat, tenglik g‘oyalari hamda xalqning og‘ir hayoti, ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurash kayfiyatlarini ifodalagan ijodkor sifatida ta’riflanadi. Maqolada shoirning g‘azal, mustazod, murabba, muxammas kabi turli she’riy janrlarda yaratgan asarlari, ularning badiiy xususiyatlari hamda xalqona ruhi tahlil qilinadi. Shuningdek, Mashrabning ijodida xalq og‘zaki ijodi, tasavvuf falsafasi va ijtimoiy-siyosiy qarashlarning uyg‘unlashuvi hamda o‘zbek adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi. Uning satrlarida ifodalangan erkinlik, ozodlik va ma’naviy poklik g‘oyalari bugungi kunda ham yoshlar tarbiyasida, milliy o‘zlikni anglashda va ma’naviyatni boyitishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
Fields of Study & Subjects
Turkish Literature and Culture
Cultural and Sociopolitical Studies
Historical
Literary
and Cultural Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 13 January 2026