TEMIR TANQISLIGI BOR FERTIL YOSHDAGI AYOLLARDA YURAK RITMI BUZILISHLARINING KECHISH XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu maqola fertil yoshdagi ayollarda temir tanqisligi bilan bog‘liq yurak ritmi buzilishlarining kechish xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalari temir yetishmovchiligi gemoglobin va ferritin darajasini pasaytirishi, sinus aritmiyasi, ekstrasistolalar va QT intervallarining uzayishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Holter nazorati aritmiyalarning asimptomatik kechishini aniqladi. Temir preparatlari bilan davolash gemoglobin darajasini tiklab, yurak ritmining barqarorligini ta’minlaydi. Maqola yurak-qon tomir asoratlarini oldini olish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashda temir yetishmovchiligi bilan bog‘liq aritmiyalarning diagnostikasi va davolashining ahamiyatini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Iron Metabolism and Disorders
Cardiac electrophysiology and arrhythmias
Heart Rate Variability and Autonomic Control
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 13 January 2026