RAQAMLI DIZAYN ELEMENTLARI VA AN'ANAVIY O'YINLARNING INTEGRATSIYASI ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA VIZUVAL IDROKNI RIVOJLANTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning vizual idroki va estetik tafakkurini rivojlantirishda zamonaviy raqamli texnologiyalar hamda an’anaviy didaktik o‘yinlarning o‘zaro integratsiyalashuv metodikasi tadqiq etiladi. Bugungi kunda bolalarning raqamli qurilmalarga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda, an’anaviy metodlarni (rasm chizish, modellashtirish, qurish-yasash) raqamli dizayn elementlari (grafik interfeyslar, interaktiv shakllar, rangli simulyatsiyalar) bilan birlashtirishning pedagogik shart-sharoitlari yoritilgan. Maqolada vizual idrokni o'stirishga qaratilgan “Gibrid o'yinlar” konsepsiyasi ilgari suriladi. Bunda bola avval an'anaviy usulda (qog'ozda yoki tabiiy ashyolar bilan) shakl yaratadi, so'ngra raqamli ilovalar yordamida ushbu shaklning ranglar gammasini o'zgartirish, unga harakat berish yoki hajmiy (3D) ko'rinishga keltirish orqali estetik tahlil qilishni o'rganadi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, bunday integratsiya bolalarda: Faktura va shaklni chuqurroq his qilish; Ranglar garmoniyasini tezroq o‘zlashtirish; Fazoviy tasavvurni raqamli modellar orqali kengaytirish imkonini berad. Maqola yakunida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun dizayn o'yinlarini tashkil etish bo'yicha amaliy tavsiyalar va metodik ko'rsatmalar taqdim etilgan.
Fields of Study & Subjects
Art Education and Development
Child Development and Digital Technology
Digital Media and Visual Art
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 13 January 2026
- Document type
- Dataset