BUXORO IQLIM SHAROITIDA ROMASHKA (CHAMOMILLA MATRICARIA) NAVLARINI TANLASH VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASINI OPTIMALLASHTIRISH

Read full text
Authors: Nutfilloyeva Orasta Otabek qizi, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro viloyatining qurg‘oqchil va issiq iqlim sharoitida romashka (Chamomilla matricaria) navlarini tanlash va yetishtirish texnologiyasini optimallashtirish masalalari yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talabning ortib borishi, romashka xomashyosini mahalliy sharoitda barqaror yetishtirish zarurati hamda Buxoro iqlimiga mos navlarni aniqlash ehtiyoji bilan belgilanadi. Maqolaning asosiy maqsadi Buxoro sharoitiga moslashgan romashka navlarini aniqlash va hosildorlikni oshirishga xizmat qiluvchi agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda taklif etishdan iborat. Tadqiqotda adabiyotlarni tahlil qilish va taqqoslash usullaridan foydalanildi. Olingan natijalar romashka yetishtirish samaradorligi iqlim omillari va agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Maqola natijalari hudud sharoitida romashka yetishtirishni rivojlantirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Plant Growth and Agriculture Techniques Agricultural Productivity and Crop Improvement Flowering Plant Growth and Cultivation

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
13 January 2026
Document type
Dataset