KERAMIK KOMPOZITSION PLYONKALARNI QUYOSH ISSIQLIK ISHLAB CHIQARISH QURILMALARIDA QO'LLASH ISTIQBOLLARI VA SAMARADORLIGI

Read full text
Authors: Xo'jamberdiyev Dilmurod Isoqjon o'g'li, Alinazarova Maxfuza Alisherovna, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada keramik kompozitsion plyonkalar asosida tayyorlangan quyosh issiqlik ishlab chiqarish qurilmalarining optik va termal xossalari kompleks tahlil qilindi. Cermet strukturalarning selektiv yutilish koeffitsienti, infraqizil nurlanishni kamaytirish imkoniyatlari hamda yuqori harorat sharoitida ishlash barqarorligi nazariy va hisoblash modellar asosida baholandi. Olingan natijalar keramik kompozitsion plyonkalar asosidagi issiqlik ishlab chiqarish qurilmalarining an’anaviy metall qoplamalarga nisbatan yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu maqolada Namangan viloyati iqlim sharoitining yuqori quyosh radiatsiyasi salohiyati hisobga olingan holda, keramik kompozitsion plyonka asosidagi quyosh issiqlik kollektorlarining energetik samaradorligi o‘rganildi. Statistik va matematik modellashtirish natijalari asosida mazkur kollektorlarning turli iqlim sharoitlarida ishlash ko‘rsatkichlari baholanib, ularning issiqlik ishlab chiqarish hajmi an’anaviy kollektorlar bilan solishtirildi. Tadqiqot natijalari ushbu texnologiyaning mahalliy sharoitda qo‘llash istiqbollarini asoslab beradi.

Fields of Study & Subjects

Solar Thermal and Photovoltaic Systems Thermal Radiation and Cooling Technologies Heat Transfer Mechanisms

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
13 January 2026
Document type
Dataset