"QISASI RABG'UZIY"DA EPIK JANRLAR TIZIMI VA FOLKLOR-POETIK TAFAKKURNING TRANSFORMATSIYASI

Read full text
Authors: Mamatova Sadbara Qo‘ldoshevna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asari o‘zbek mumtoz nasrida epik janrlar tizimining shakllanish jarayonini aks ettiruvchi muhim adabiy manba sifatida tadqiq etiladi. Asarda qissa tarkibida uchraydigan hikoyat, rivoyat, xabar, hikmat, latifa kabi kichik epik janrlarning poetik-funksional xususiyatlari, ularning folklor va yozma adabiyot an’analari bilan uzviy aloqasi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Rabg‘uziy ijodida janrlar sintezi tasodifiy hodisa emas, balki muallifning ongli poetik strategiyasiga asoslangan epik model ekani asoslab beriladi. Maqola natijalari “Qisasi Rabg‘uziy”ni faqat diniy yoki agiografik asar sifatida talqin qilish biryoqlama ekanini ko‘rsatadi hamda uni ko‘pjanrli, didaktik-falsafiy va badiiy-estetik hodisa sifatida baholash zarurligini ilmiy jihatdan isbotlaydi.

Fields of Study & Subjects

Historical Literary and Cultural Studies Folklore Mythology and Literature Studies Turkish Literature and Culture

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 January 2026