ABDULLA ORIPOV IJODIDA TARIXIY SHAXSLAR

Read full text
Authors: Safarova Sabina
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada bugungi kunda tilshunoslikda keng miqyosda tahlil va talqin qilinayotgan mavzulardan biri - badiiy matnda tarixiy shaxs nomlarning kelishi tahlil qilinadi va aynan Abdulla Oripov ijodi misolida o'rganiladi. O'zbek xalqining buyuk shoirlaridan biri bo'lgan Abdulla Oripov ijodida tarixiy shaxslar obrazining yoritilishi, ularning badiiy talqini va shoir dunyoqarashidagi o'rni tahlil qilinadi. Abdulla Oripov o'z she'riyatida milliy o'zlik, tarixiy xotira va ma'naviy meros masalalariga alohida e'tibor qaratgan ijodkor sifatida tarixiy shaxslar timsolidan keng foydalangan. Uning asarlarida Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug'bek kabi buyuk siymolar nafaqat tarixiy obraz sifatida, balki millatning ma'naviy qudratini ifodalovchi ramzlar tariqasida talqin etiladi.

Fields of Study & Subjects

Linguistics and Cultural Studies Turkish Literature and Culture Poetry Analysis and Criticism

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
13 January 2026