IQTISODIYOT TARMOQLARIDA BARQAROR ISH O'RINLARINI TASHKIL ETISHNING STRATEGIK YO'NALISHLARI

Read full text
Authors: Nigora Abdullaeva
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror ish o‘rinlarini yaratish va saqlab qolishning ustuvor strategik yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda korxona va tashkilotlar faoliyatining barqarorligi, bozor talabining uzluksizligi, hududiy xususiyatlardan kelib chiqqan holda sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligini uyg‘un rivojlantirish, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, agroturizm, klasterlar va kooperatsiyalar orqali yangi va barqaror ish o‘rinlarini shakllantirish mexanizmlari asoslab beriladi.

Fields of Study & Subjects

Economic and Industrial Development Labor Market and Education Global Economic and Social Development

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
12 January 2026