BORISH QIYIN BO'LGAN HUDUDLAR UCHUN TRANSPORT XIZMATINI ISHLAB CHIQISH
Abstract
Ushbu maqola O‘zbekistonda borish qiyin bo‘lgan hududlar, ayniqsa tog‘li va oraliq hududlarda transport xizmatlarini rivojlantirish muammolarini o‘rganadi. Maqolada tog‘li mintaqalarda transport infratuzilmasini qurish, yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlarini modernizatsiya qilish hamda xalqaro aloqalarni ta'minlash bo‘yicha O‘zbekiston tarafidan amalga oshirilayotgan loyihaları tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Toshkent-Andijon, Angren-Pop, Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘llari va Qamchiq tunnelining qurilishi misolida qiyin sharoitlarda transport xizmatlarini ishlab chiqishning ahamiyati ko‘rsatilgan. Maqolada raqamli adabiyotlardan foydalanib, muammolar va ularning yechimlarini ilmiy asosida tahlil qilish orqali kelajakka qarab transport sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlar tavsiya etilgan. O‘zbekistonning borish qiyin bo‘lgan hududlari, xususan, tog‘li (Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona vodiysi atrofi) va cho‘l hududlarida (Qoraqalpog‘iston, Navoiy viloyati) transport xizmatlarini tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalarida O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 184,000 km ni tashkil etishi, tog‘li hududlarda 223 km uzunlikdagi Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘lining qurilishi va qishloq hududlarida yashayotgan 18,5 million aholining transport ta'minoti masalalari muhokama qilinadi.
Fields of Study & Subjects
transportation and logistics systems
Transport and Logistics Innovations
Transportation Systems and Logistics
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 13 January 2026