AKSIONERLIK JAMIYATLARIDA ICHKI AUDITNING RISKGA ASOSLANGAN YONDASHUVINI KENGAYTIRISH
Abstract
Maqolada aksionerlik jamiyatlarida ichki audit faoliyatini takomillashtirishda riskga asoslangan yondashuvning ahamiyati va qo‘llanish mexanizmlari yoritilgan. Zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillariga muvofiq, ichki auditning asosiy vazifasi tashkilotning risk-menejment, ichki nazorat va korporativ boshqaruv jarayonlarining samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqotda uch chiziqli mudofaa konsepsiyasi, COSO risk boshqaruv modeli va OECD korporativ boshqaruv standartlari asosida aksionerlik jamiyatlarida risklarni aniqlash, baholash va ustuvorlashtirish jarayonlari tahlil qilingan. Shuningdek, komplayens nazorati, audit qo‘mitasi va kuzatuv kengashi bilan integratsiyada ishlash, strategik va operatsion risklarni audit jarayonlariga kengroq tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Maqola ichki audit xizmatining mustaqilligi va samaradorligini oshirish, resurslarni risk darajasiga qarab taqsimlash hamda aksionerlar uchun qo‘shimcha qiymat yaratishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Fields of Study & Subjects
Auditing
Earnings Management
Governance
Corporate Governance and Financial Management
Risk Management in Financial Firms
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 13 January 2026