IMMUNOTROMBOZ VA MIKROTOMIRLAR ANATOMIYASI NETOZISNING TOMIR O'TKAZUVCHANLIGI VA TROMBOGENEZGA TA'SIRI

Read full text
Authors: Xalilov Sanjar Abdivohid o'g'li, Xalilov Hikmatulla Dilshod o`g`li, Elmurotova Mohina Mansur qizi
Cited by: 0

Abstract

Immunotromboz – bu yallig‘lanish va qon ivishining o‘zaro bog‘liq holda ishlashi natijasida hosil bo‘ladigan patologik jarayon bo‘lib, mikrotomirlar darajasida rivojlanadigan asosiy klinik hodisalardan biridir. Ushbu jarayonda neytrofillarning o‘ziga xos o‘limi – NETozis (neytrofil ekstrasellyulyar tuzoqlari) muhim rol o‘ynaydi. NETozis jarayonida faollashgan neytrofillarning yadrolari parchalanishi va sitoplazmatik granulalaridan chiqqan DNK tolalari, gistonlar va mikrobitsid oqsillarning (MPO, neytrofil elastaza va boshqalar) ekstrasellyulyar tarmoqqa (NET) chiqishi kuzatiladi. Ushbu tarmoqlar dastlab patogenlarni ushlab qolish va yo‘q qilish vazifasini bajaradi. Biroq, patologik sharoitda, ayniqsa tomir devori (endoteliy) shikastlangan yoki yallig‘langan joyda, NETlar tomir o‘tkazuvchanligini va qon ivish kaskadini chuqur modulyatsiya qiladi. Maqolaning maqsadi 2015-2025-yillar oralig‘ida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida NETozisning mikrotomirlar anatomiyasi va funksiyasiga, shuningdek, uning tromb hosil bo‘lishi (trombogenez) jarayonlariga ta’sirini tizimli tahli qilishdan iborat. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, NETlar endotelial bo‘shliqlarning kengayishiga sabab bo‘lib, plazma oqsillari va qon hujayralarining tomir devoridan chiqib ketishini osonlashtiradi, bu esa mikrotomirlarda to‘qimalarning shishishi va ishemiyasiga olib keladi. Bundan tashqari, NET tarmoqlarining o‘zida joylashgan sitokitik oqsillar endotelial hujayralarga toksik ta’sir ko‘rsatadi va ularning apoptozini rag‘batlantiradi. Trombogenez nuqtai nazaridan, NETlar IV faktor va XII faktor kabi plazma oqsillarini faollashtirib, kontakt tizimi orqali qon ivishini boshlaydi. Ular, shuningdek, trombotsitlarning adgeziyasi va agregatsiyasini kuchaytiradi, shu bilan birga plazminogenning faollashishini ingibirlaydi, natijada fibrinolitik tizimning susayishi va barqaror tromb massalarining shakllanishi kuzatiladi. Ushbu maqola NETozisning mikrosirkulyator tomir yotog‘i va uning o‘tkazuvchanligiga ta’sir etadigan anatomik-morfologik o‘zgarishlar, shu jumladan bazal membrananing buzilishi, perisit funksiyasining yetishmovchiligi va kapillyar kanallarning torayishi kabi jihatlarni yoritadi. Xulosa qilib aytganda, NETozis tomir o‘tkazuvchanligi va trombogenezning asosiy tashkilotchisi sifatida nafaqat septik shok, qondiabetik angiopatiya, o‘tkir respirator distress sindromi (ARDS), COVID-19 bilan bog‘liq asoratlar, balki trombotik mikroangiopatiya va ko‘plab autoimmun kasalliklarning patogenezida ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayonlarni maqsadli nazorat qilish yangi terapevtik strategiyalarni ishlab chiqishga yo‘l ochishi mumkin.

Fields of Study & Subjects

Neutrophil Myeloperoxidase and Oxidative Mechanisms Blood Coagulation and Thrombosis Mechanisms Nitric Oxide and Endothelin Effects

Publication details

Journal / source
Latin American journal of education
Publication date
14 January 2026
Language
EN