BOSHLANG'ICH TA'LIM JARAYONIDA PREDMETLARARO ALOQALARNING MAZMUNI, TURLARI VA DIDAKTIK AHAMIYATI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida predmetlararo aloqalarning nazariy-metodik asoslari, ularning mazmuni, turlari va didaktik ahamiyati chuqur tahlil etilgan. Hozirgi zamon ta’lim tizimida fanlararo integratsiya o‘quvchilarda bilimlarning yaxlit tizimini shakllantirish, ularni real hayot bilan bog‘lash hamda kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishning muhim sharti sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda fanlararo aloqalarni samarali tashkil etish ularning tafakkurini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Maqolada yetakchi xorijiy va mahalliy pedagog olimlarning predmetlararo aloqalar masalasiga oid ilmiy qarashlari tizimli tahlil qilinadi. Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda predmetlararo aloqalarni amalga oshirish metodlari, mavjud muammolar va istiqboldagi tadqiqot yo‘nalishlari yoritilgan.
Fields of Study & Subjects
Educational methodologies and cognitive development
Education Methods and Technologies
Educational Assessment and Pedagogy
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 14 January 2026