PEDAGOGIK METAKOMPETENSIYALAR: MOHIYATI, TUZILMASI VA RIVOJLANTIRISH ZARURATI Authors Xurramov Anvar Jumanazarovich

Read full text
Authors: Xurramov Anvar Jumanazarovich, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida pedagog shaxsiga qo‘yilayotgan yangi talablar kontekstida pedagogik metakompetensiyalar tushunchasining nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuvning evolyutsiyasi, uning cheklovlari hamda ularni bartaraf etishda metakompetensiyalarning tutgan o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Pedagogik metakompetensiyalar o‘qituvchining kasbiy faoliyatini rejalashtirish, amalga oshirish va refleksiya qilish jarayonlarini integratsiyalovchi nadprofessional sifatlar majmuasi sifatida talqin etiladi. Maqolada pedagogik metakompetensiyalarning tuzilmasi kognitiv, refleksiv, kommunikativ, raqamli va aksiologik komponentlar kesimida ochib berilgan. Shuningdek, raqamli transformatsiya va ta’lim muhitining tezkor o‘zgaruvchanligi sharoitida pedagogik metakompetensiyalarni rivojlantirish zarurati asoslab berilib, ularning ta’lim sifati va pedagogning kasbiy barqarorligini ta’minlashdagi strategik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Education Methods and Technologies Higher Education Teaching and Evaluation Reflective Practices in Education

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
14 January 2026
Document type
Dataset