POLIKISTIK BUYRAK SINDROMI VA DAVOLASH CHORA TADBIRLARI

Read full text
Authors: Umarova Mushtariybonu Otabek qizi, Maxmudjonova Zebiniso Mansurbek qizi, Abduraxmonova Dilrabo Bahodirovna, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Polikistik buyrak sindromi (PCOS) reproduktiv yoshdagi ayollarda uchraydigan eng keng tarqalgan endokrin va ginekologik kasalliklardan biridir. Ushbu kasallik tuxumdonlarda ko‘plab kistalarning paydo bo‘lishi, androgen gormonlarining ortishi va menstrual siklning buzilishi bilan tavsiflanadi. PCOS nafaqat ayollarning reproduktiv sog‘lig‘iga ta’sir qiladi, balki metabolik va yurak-qon tomir tizimida ham jiddiy muammolar keltirib chiqaradi. Maqolada PCOSning asosiy klinik belgilari menstrual sikl buzilishi, hirsutizm (soch o‘sishi ortishi), akne va vazn ortishi batafsil yoritilgan. Shuningdek, PCOSning reproduktiv va metabolik asoratlari, jumladan, infertilitet, insulin qarshiligi, diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va hayot sifati pasayishi muhokama qilingan. Kasallikning global tarqalishi va statistik ko‘rsatkichlari keltirilgan: ayollarning 5–15% PCOS bilan og‘rishi, simptomlarning ko‘pincha 20–30 yosh oralig‘ida namoyon bo‘lishi va infertilitet bilan murojaat qilgan ayollarning 70% ga yaqini PCOS bilan bog‘liqligi ta’kidlangan. Maqolada PCOSni davolash va boshqarishning zamonaviy yondashuvlari ham bayon qilingan. Hormon terapiyasi, oral kontraseptivlar va ovulyatsiyani rag‘batlantiruvchi dorilar yordamida klinik belgilar kamaytiriladi. Shuningdek, hayot tarzini o‘zgartirish – sog‘lom dieta, jismoniy faollik va vazn nazorati kasallikni boshqarishda muhim omil sifatida ko‘rsatildi. Agar konservativ yondashuvlar samarali bo‘lmasa, minimal invaziv jarrohlik usullari, jumladan laparoskopik “ovarian drilling” qo‘llaniladi. Bundan tashqari, metabolik va yurak-qon tomir muammolarini oldini olish uchun muntazam tibbiy monitoring muhimligi ta’kidlangan.

Fields of Study & Subjects

Ovarian function and disorders Endometriosis Research and Treatment Genetic and Kidney Cyst Diseases

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
14 January 2026
Document type
Dataset