MAKTABGACHA TA'LIMDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK O'YINLARNING AHAMIYATI

Read full text
Authors: Guliston Davlat Pedagogika Instituti Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (MT) 1-bosqich magistranti Shakarova Sarvinoz Email:shakarovasarvinoz2@gmail.com
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish jarayonida didaktik o‘yinlarning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda ekologik tarbiyaning nazariy asoslari, bolalarda tabiatga ongli munosabatni rivojlantirishda o‘yin faoliyatining roli hamda ekologik mazmundagi didaktik o‘yinlardan foydalanishning samarali usullari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik ta’limni tashkil etishda didaktik o‘yinlardan tizimli foydalanish bolalarning bilish faolligini oshirishi, ekologik tushunchalarni mustahkamlashi va ekologik madaniyat elementlarini shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy asoslangan.

Fields of Study & Subjects

Environmental and sustainability education Environmental Sustainability and Education Child Development and Education

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
14 January 2026