INQUIRY ARC (C3 FRAMEWORK) METODI ASOSIDA TARIX DARSLARI ORQALI O'QUVCHILARDA TARIXIY TAFAKKUR VA TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Read full text
Authors: Nafosat Muratdinovna Turapova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitish jarayonida Inquiry Arc (C3 Framework) metodidan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslari, uning o‘quvchilarda tarixiy tafakkur va tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirishdagi ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy tarix ta’limining dolzarb vazifalari sifatida o‘quvchini ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, tarixiy hodisa va jarayonlarni sabab-oqibat aloqalari asosida anglashga yo‘naltirish, shuningdek, tarixiy dalillarni izlash, tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritiladi. Inquiry ARC metodining muammo qo‘yish, dalillar bilan ishlash, tahlil va xulosalash hamda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bosqichlari tarix fanining mazmuniga mos holda talqin qilinib, ularning tarixiy tafakkurning asosiy tarkibiy qismlari bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslab beriladi. Maqolada tarixiy tafakkur tushunchasining nazariy talqini, uning tarkibiy qismlari (xronologik, mantiqiy, manbashunoslik, tanqidiy va baholovchi tafakkur) ilmiy manbalar asosida izohlanadi. Shuningdek, tadqiqotchilik kompetensiyasining mazmuni, tarix darslarida ushbu kompetensiyani shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari, Inquiry Arc metodining afzalliklari va amaliy natijalari tahlil qilinadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Inquiry Arc metodi asosida tashkil etilgan tarix darslari o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tarixiy dalillarni izlash va tahlil qilish, asoslangan xulosa chiqarish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga samarali xizmat qiladi. Maqolada tahlil va sintez, qiyosiy taqqoslash, pedagogik modellashtirish hamda nazariy umumlashtirish metodlaridan foydalanildi.

Fields of Study & Subjects

Educator Training and Historical Pedagogy Philosophy History and Historiography Innovative Teaching Methodologies in Social Sciences

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
15 January 2026
Language
UZ