AYOLLARDA YARALI KOLIT CHASTOTASI VA XAVF OMILLARINI ANDIJON SHAROITIDA O'RGANISH BO`YICHA ADABIYOTLAR SHARHI
Abstract
Ushbu adabiyotlar sharhi ayollarda yarali kolit (YK)ning uchrash chastotasi va asosiy xavf omillarini Andijon viloyati sharoitida o‘rganish masalasiga bag‘ishlanadi. Manbalar tahlili asosida yarali kolitning epidemiologik tendensiyalari, patogenezidagi immunologik mexanizmlar, ichak mikrobiotasi o‘zgarishlari hamda ayollarga xos biologik va ijtimoiy omillar (gormonal fon, homiladorlik, stress, ovqatlanish odatlari, dori vositalari ta’siri) yoritildi. YK rivojlanishida genetik moyillik va atrof-muhit omillari bilan birga, ayollarda psixoemotsional zo‘riqish hamda ovqatlanishdagi “g‘arbona” o‘zgarishlar muhim ekanligi ko‘rsatiladi. Andijon sharoitida hududiy epidemiologik tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, xavf guruhlarini aniqlash va profilaktik yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi asoslab beriladi.
Fields of Study & Subjects
Inflammatory Bowel Disease
Microscopic Colitis
Gut microbiota and health
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 15 January 2026