INNOVATSION BANK EKOTIZIMLARINING TIJORAT BANKLARI RIVOJLANISHIDAGI ROLI
Abstract
Raqamli texnologiyalar bank faoliyatining mazmuni hamda uni tashkil etish mexanizmlarini tubdano‘zgartirmoqda. Ushbu sharoitda banklar alohida moliyaviy institut sifatida emas, balki fintech kompaniyalari,raqamli platformalar va texnologik xizmat ko‘rsatuvchilar bilan o‘zaro bog‘langan integratsiyalashgan tizimlar sifatidarivojlanmoqda. Mazkur maqolada tijorat banklari faoliyatida innovatsion bank ekotizimlarining shakllanishi ushbutransformatsiyaning muhim omili sifatida tahlil qilinadi.Tadqiqot O‘zbekiston bank sektori misolida olib borilib, raqamli bank xizmatlari rivojlanishining dinamikasi, bank–fintechhamkorliklarining kengayishi hamda API asosidagi integratsiyalarning amaliy natijalari o‘rganiladi. Tahlil natijalarigako‘ra, innovatsion ekotizim yondashuvi bank xizmatlarining funksional imkoniyatlarini kengaytirishi, mijozlar bilano‘zaro munosabatlarni soddalashtirishi va moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasini oshirishi aniqlangan. Olinganxulosalar bank tizimini modernizatsiya qilish va barqaror rivojlantirishda ekotizimga asoslangan yondashuvning strategikahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi
Fields of Study & Subjects
Digital Transformation in Financial Services
FinTech
Crowdfunding
Digital Finance
Banking Systems and Strategies
Publication details
- Journal / source
- MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT
- Publication date
- 1 January 2026
- Language
- UZ