"LOLANING USTIGA QOR YOG'DI" YOHUD JAMIYAT QURBONI
Abstract
Mazkur maqolada Abdulhamid Cho‘lponning “Qor qo‘ynida lola” hikoyasi badiiy, ijtimoiy va ramziy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda tabiat obrazlari orqali o‘sha davr jamiyatidagi ma’naviy tanazzul, diniy mutaassiblik, ijtimoiy bosim hamda ayollarning ayanchli taqdiri yoritiladi. Lola timsoli beg‘ubor, hali hayotning shafqatsiz qonunlaridan bexabar yosh qiz obrazini ifodalasa, qor obrazi jamiyatning sovuqligi, zo‘ravonligi va adolatsizligini ramziy jihatdan aks ettiradi. Hikoyada ota, ona va eshon obrazlari orqali jamiyatda shakllangan noto‘g‘ri qadriyatlar va majburiy ijtimoiy munosabatlar fosh etiladi. Maqolada Cho‘lponning ramziy obraz yaratish mahorati, adabiy tanqidiy pozitsiyasi va jadid adabiyotidagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan.
Fields of Study & Subjects
Short Stories in Global Literature
Folklore
Mythology
and Literature Studies
Themes in Literature Analysis
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 15 January 2026