TARJIMONLIK SOHASIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR

Read full text
Authors: Abbosxonova Shaxrizoda Azimxon qizi abbosxonovashahrizoda@gmail.com Talaba, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada globallashuv jarayonida tarjimonlik faoliyatining ahamiyati va unga bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotgani tahlil qilinadi. Turli tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi samarali muloqotning ta’minlanishi tarjimon zimmasiga nafaqat lingvistik, balki madaniy mas’uliyat ham yuklashini ko‘rsatib beradi. Tadqiqotda tarjima jarayonida uchraydigan asosiy muammolar — madaniy komponentlarning to‘g‘ri yetkazilmasligi, terminologik nomuvofiqliklar, soha mutaxassisi tarjimonlar yetishmasligi hamda avtomatlashtirilgan tarjima texnologiyalarining cheklovlari tahlil etilgan. Shuningdek, shevalar va grammatik tuzilmalarning farqlari tarjima sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritiladi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun tarjimonlarning malakasini oshirish, zamonaviy texnologiyalardan ongli foydalanish va madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish zarurligi asoslanadi.

Fields of Study & Subjects

Translation Studies and Practices Language and Culture Language Communication and Linguistic Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
15 January 2026