O'YIN METODLARI ORQALI ERTA TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING SAMARADORLIGI

Read full text
Authors: Sevinch Muhammad qizi Amirqulova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda erta ta’limni tashkil etishda o‘yin faoliyatining pedagogik samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘yin bolaning tabiiy ehtiyoji sifatida uning bilish jarayonlari, ijtimoiy moslashuvi, nutq rivoji hamda ijodiy fikrlashini shakllantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. O‘yin faoliyatiga asoslangan ta’lim modeli bolalarning mustaqil qaror qabul qilish, muammo yechish va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil ekanligi aniqlanadi. Tadqiqot jarayonida kuzatuv, pedagogik tajriba-sinov ishlari va tahliliy usullardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘yin asosida tashkil etilgan erta ta’lim bolalarning ta’limga qiziqishini oshiradi, psixologik qulay muhitni ta’minlaydi va ta’lim samaradorligini sezilarli darajada yuksaltiradi. Maqola natijalari maktabgacha ta’lim muassasalari amaliyotida qo‘llash uchun tavsiya etiladi.

Fields of Study & Subjects

Early Childhood Education and Development Child Development and Education Education Methods and Practices

Publication details

Journal / source
GOLDEN BRAIN
Publication date
15 January 2026
Language
UZ