ONLAYN TURISTIK PLATFORMALAR (BOOKING, AIRBNB, EXPEDIA) MARKETINGINING TAHLILI

Read full text
Authors: Xumoyun Sayfulloyev, Z. I. Usmanova
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida global turizm bozorida yuz berayotgan transformatsion jarayonlar tahlil qilinadi. Xususan, Booking.com, Airbnb va Expedia kabi yirik onlayn turistik platformalarning marketing strategiyalari, ularning bozor ulushi, foydalanuvchilarni jalb etish mexanizmlari hamda raqamli marketing vositalaridan foydalanish samaradorligi ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqotda SEO, SMM, ma’lumotlarga asoslangan marketing (data-driven marketing) va foydalanuvchi tajribasi (UX) kabi omillarning turizm industriyasiga ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, ushbu platformalarning O‘zbekiston turizm bozoriga integratsiyalashuvi Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlari misolida ko‘rib chiqiladi.

Fields of Study & Subjects

Digital Marketing and Social Media Diverse Aspects of Tourism Research Marketing and Advertising Strategies

Publication details

Journal / source
GOLDEN BRAIN
Publication date
15 January 2026
Language
UZ