TURIZM SANOATIDAGI HATARLARNI OLDINI OLISH BO'YICHA AMALGA OSHIRILADIGAN CHORA-TADBIRLAR
Abstract
Annotatsiya: Turizm sanoati global iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi, lekin u bir qator xavf-xatarlar bilan bog‘liq. Ushbu maqolaning maqsadi, turizm sohasidagi potensial hatarlarni aniqlash va ularning oldini olish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘rsatishdir. Ichki va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm, jinoyatchilik va tabiiy ofatlar kabi bir qator tahdidlarga qarshi ta’sirchan strategiyalar ishlab chiqish zarur. Bu, xavfsizlik tizimlarini kuchaytirish, turistik hududlarda monitoringni yo‘lga qo‘yish va qonunlar doirasida faoliyat yuritish orqali amalga oshirilishi mumkin. Ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga katta e’tibor qaratish lozim. Buning uchun, o‘quv va targ‘ibot dasturlari orqali sayyohlarni ekologik toza turizmga yo‘naltirish, shuningdek, mahalliy aholi va biznesni jalb qilish muhimdir. Iqtisodiy barqarorlikni oshirish uchun turizmni diversifikatsiya qilish, yangi va sifatli xizmatlar taklif qilish va raqobatbardoshlikni ta’minlash lozim. Turistik mahsulotlarni innovatsion jihatdan rivojlantirish va marketing strategiyalarini yangilash orqali sohani mustahkamlash mumkin. Umuman olganda, turizm sanoatidagi hatarlardan oldini olish uchun kompleks yondashuv, innovatsion fikrlash va hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Bu chora-tadbirlar nafaqat turizm sohasida, balki butun jamiyatda barqaror rivojlanishni ta’minlashga yordam beradi.
Fields of Study & Subjects
Diverse Aspects of Tourism Research
Community-based Tourism Development and Sustainability
Hospitality and Tourism Education
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 16 January 2026
- Document type
- Thesis