IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMNI MUHOFAZA QILISHNI TASHKIL ETIVCHI TUZILMALAR - FONDLAR, TASHKILOTLAR VA DONORLAR

Read full text
Authors: Mirzaxamdamov Saxovatbek Dilshodbek o'g'li, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada muallif O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash tizimining shakllanishi, tarixiy asoslari va zamonaviy islohotlarini ilmiy asosda tahlil qiladi. Tadqiqotda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ijtimoiy siyosatning rivojlanishi, davlat boshqaruvi darajasida ijtimoiy himoya institutlarining tashkil topishi hamda ularning jamiyatdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarining takomillashuvi, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” singari tizimlarning shakllanish jarayoni va ularning amaliy samaradorligi tarixiy manbalar, va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida tahlil qilinadi. Maqolada ijtimoiy himoyaga oid davlat organlari, maxsus fondlar, mahalla institutining tarixiy transformatsiyasi hamda nodavlat tashkilotlarning jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalari o‘rganilib, ularning O‘zbekistonning sotsial taraqqiyotidagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, xalqaro donor tashkilotlar — Jahon banki, BMT agentliklari, Yevropa Ittifoqi va boshqa institutlar ishtirokidagi loyihalarning ijtimoiy sohaning modernizatsiyasiga ko‘rsatgan ta’siri ham ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimining zamonaviy modeli milliy an’ana, huquqiy islohotlar va xalqaro tajriba uyg‘unligi asosida shakllanib borayotgani xulosa qilinadi.

Fields of Study & Subjects

Social Policy and Reform Studies Public Administration and Governance Social Sciences and Policies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
16 January 2026
Document type
Dataset