1960-1970-YILLARDA O'ZBEKISTONDA TEATR SAN'ATINING RIVOJLANISHI

Read full text
Authors: Toshpo'latova Shaxnoza Shuhratovna, Nazarova Maftuna Suxrobovna, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Kirish: 1960-1970 yillarda O’zbekiston madaniy hayotida teatr san’atining rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Ushbu davr teatr jamiyatning ma’naviy-tarbiyaviy hayotida alohida o’rin egallab, ommani mafkuraviy va estetik jihatdan shakllantirish vositasi sifatida faol qo’llaniladi. Sovet davlati madaniy siyosatining tarkibiy qismi sifatida teatr san’ati doimiy nazorat va yo’naltirish sharoitida rivojlandi. Shu bilan birga, milliy teatr an’analari saqlanib, sahna asarlarida xalqning tarixiy xortirasi va ma’naviy qadriyatlari aks ettirildi. Mazkur holat 1960-1970 yillarda O’zbekistonda teatr san’atining rivojlanish jarayonlarini ilmiy jihatdan tahlil qilishni taqozo etadi. Maqsad. 1960-1970 yillarda O’zbekistonda teatr san’atining rivojlanish tendensiyalari va muammolarini tarixiy manbalar asosida o’rganish, sovet mafkurasi sharoitida teatrning ijtimoiy va madaniy hayotda tutgan o’rnini tahlil qilishdan iborat. Materiallar va metodlar. Tadqiqot jarayonida 1960-1970 yillarda O’zbekistonda teatr san’atiga oid davr matbuoti materiallari, mustaqil davri ilmiy adabiyotlari, teatrshunoslik va tarixiy adabiyotlardan foydalanildi. Tadqiqotni yoritishda Tursunov T. “XX asr O’zbek teatr tarixi” darslik-monografiasi, “O’zbek Milliy akademk drama teatri” kitob-albomi tahlil qilindi. Xulosa. 1960-1970 yillarda O’zbekistonda teatr san’ati mafkuraviy cheklovlar sharoitida rivojlangan bo’lsa-da, jamiyatning madaniy hayotida muhim o’rin tutdi. Teatr repertuarida zamondosh va tarixiy mavzular uyg’unlashib, milliy madaniyatni saqlashga xizmat qildi. Biroq, ijodiy erkinlikning cheklanganligi teatr san’ati rivojiga muayyan darajada to’sqinlik qildi. Mazkur davr teatr san’ati keyingi ijodiy jarayonlar uchun muhim tajriba va zamin bo’lin xizmat qildi.

Fields of Study & Subjects

Theatre and Performance Studies Soviet and Russian History Theater Performance and Music History

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
16 January 2026
Document type
Dataset