LIZING OLUVCHI KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA YURITILISHI

Read full text
Authors: Baxodir Sadritdinov
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada lizing oluvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari,xususan IFRS 16 “Ijara” standarti asosida yuritish masalalari ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilingan. Globaliqtisodiy muhit sharoitida moliyaviy hisobotlarning shaffofligi va taqqoslanishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etib,lizing operatsiyalarining balansda to‘g‘ri aks ettirilishi korxonaning real moliyaviy holatini xolis baholash imkonini beradi.Maqolada IFRS 16 ning avvalgi IAS 17 standartidan tub farqlari ochib berilib, lizing oluvchilar uchun yagona hisob modelijoriy etilishining afzalliklari asoslab berilgan. Tadqiqot jarayonida nazariy va qiyosiy tahlil, normativ-huquqiy hujjatlarnio‘rganish hamda amaliy misollar metodlaridan foydalanilgan. Lizing shartnomalarini hisobga olish jarayoni sakkizbosqichda yoritilib, har bir bosqichning mazmuni va buxgalteriya hisobidagi ahamiyati tizimli ravishda ko‘rsatib berilgan.Shuningdek, lizing operatsiyalarining schyotlar rejasida aks ettirilishi jadval asosida bayon etilgan. Tadqiqot natijalariIFRS 16 ga muvofiq foydalanish huquqi aktivi va lizing majburiyatlarini balansda tan olish moliyaviy hisobotlarningishonchliligini oshirishini, balansdan tashqari majburiyatlarni qisqartirishini hamda investorlar va foydalanuvchilar uchunaxborot sifatini yaxshilashini tasdiqlaydi. Xulosa qismida milliy buxgalteriya tizimini xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish,hisob siyosatini takomillashtirish va lizing hisobini avtomatlashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.

Fields of Study & Subjects

Accounting Theory and Financial Reporting Accounting and Financial Management Auditing Earnings Management Governance

Publication details

Journal / source
Neliti
Publication date
1 January 2026
Language
EN